O‘zbekiston

Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tanlov natijalari ma’lum bo‘ldi

Abituriyentlar o‘z ballarini uch xil usulda bilib olishi mumkin.

O‘zbekistonda 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi, deb xabar bermoqda Bilimni baholash agentligi matbuot xizmati.

Abituriyentlar o‘z natijalari haqida quyidagi usullar orqali bilib olishlari mumkin:

  • my.uzbmb.uz sayti orqali — abituriyent pasportining seriyasi va raqamini hamda uning shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish orqali;
  • mandat.uzbmb.uz sayti orqali — abituriyentning ID raqamini kiritish orqali;
  • OTMlarga topshiriladigan test bayonnomasi orqali.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 12-13-avgust kunlari kasbiy ijodiy imtihonlar ham bo‘lib o‘tdi. Bunday imtihonlar xorijiy, shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar uchun o‘tkaziladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная