O‘zbekiston

O‘zbekistonga Xitoy elektrobuslari yetkazib berila boshlandi

Dastlabki yuzta mashina mamlakatga yetkazildi, sentyabr oyi oxirigacha yana 100 ta avtobus jo‘natish rejalashtirilgan.

Xitoy bilan hamkorlikda “yashil loyihalar” doirasida 100 ta avtobus O‘zbekistonga olib kelindi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning YUTONG BUS Co kompaniyasi Toshkent jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi takliflar tanlovi g‘olibi bo‘ldi, shu munosabat bilan tomonlar 2025-yilgacha 200 ta elektrobus va ular uchun quvvatlash uskunalarini sotib olishga kelishib oldi.

Shartnomaga muvofiq, dastlabki 100 ta elektrobus Xorgosdan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga muvaffaqiyatli olib kelindi. Mutaxassislar sentyabr oxirigacha qolgan 100 ta elektrobusni mamlakatga olib kelishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, tomonlar loyihani iqlim o‘zgarishiga moslashish, uglerod neytralligiga erishish va Toshkent shahar jamoat transportini rivojlantirish yo‘nalishida “yashil loyihalar”ni amalga oshirish maqsadlari doirasida amalga oshirmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston Xitoyning yuzlab elektrobuslarini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi. Shuningdek, tomonlar pullik yo‘llar loyihalarini muhokama qildilar.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная