O‘zbekistonda zo‘ravonlik yoki tazyiqdan jabr ko‘rgan ayollar davlat qo‘riqlash xizmatiga joylashtiriladi
Buning uchun nomzodlar vakansiyalar ro‘yxati talablariga javob berishi kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar davlat organlari va tashkilotlariga ishga joylashtiriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, nomzodlar mahalliy mehnat organlari tomonidan taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxatiga muvofiq bilimga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, hujjatda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tishi mumkinligi nazarda tutilgan.
Bunday ayollarning ish bilan ta’minlanishi ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishi rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, ularning haq to‘lanadigan bandligini kafolatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Qonunchilik palatasi deputatlari tegishli qonun loyihasini qabul qildi.
Avvalroq O‘zbekistonda oiladagi zo‘ravonlik tufayli ajrashayotgan er-xotinni yarashtirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida xabar berilgan edi. Ko‘chirish masalalarida sud mulkdorga teng qiymatli obyektni berish yoki uy-joy ijarasi haqini to‘lash majburiyatini yuklashi mumkin.
Izohlar