O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
Zilzila epimarkazi Navoiy viloyatiga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekistonda 17-sentyabr kuni epimarkazi Navoiy viloyatida bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV Seysmologik monitoring markazi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, zilzila kuchi epitsentrda 4 ballni tashkil etgan. Zilzila episentri Toshkentdan 363 km janubiy-g‘arbda. Magnituda: 3,9. Episentr: Konimex tumani.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- G‘ijduvon tumanida 3 ball, 23 km.
- Konimex tumanida 2 ball, 57 km.
- Navbahor tumanida 2 ball, 57 km.
Mavzuga doir: Toshkentdagi zilzila va yong‘inlar: FVV xodimlari hodisalar ssenariysini ishlab chiqadi Aholidan favqulodda vaziyatlar xodimlarining manyovrlarini ko‘rganda xavotir olmaslik so‘ralgan.
Izohlar