O‘zbekistonda yozda tonirovka arzonlashishi mumkin
Ichki ishlar vazirligi taklif bilan chiqdi.

O‘zbekistonda me’yoriy-huquqiy hujjatlar muhokamasi portali ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobillarni qoraytirish uchun imtiyozli mavsumiy tarif joriy etish taklif qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, IIVga tegishli taklif kiritilgan. Tonirovka ruxsatnomasini rasmiylashtirishning yangi tartibi M1 toifasidagi yengil avtomobillarga taalluqli bo‘lib, 1 maydan 31 avgustgacha amal qiladi. Xususan, tariflarni quyidagicha o‘zgartirish taklif etilmoqda:
- jismoniy va yuridik shaxslar uchun — BHMning 1 baravarigacha pasaytirilsin, hozirda u 412 ming so‘mni tashkil etadi;
- O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlarning yuridik shaxslari uchun — BHMning 5 baravarigacha pasaytirilsin, hozirda u 2 060 000 so‘mni tashkil etadi.
Izohlar