O‘zbekiston

O‘zbekistonda yil oxirigacha 18 ta chiqindi poligoni yopiladi

Bir necha yildan so‘ng kuniga 14 ming tonna chiqindini qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

2027-yilgacha O‘zbekistonda kuniga 14 ming tonna chiqindini qayta ishlash quvvatiga ega chiqindilarni qayta ishlash zavodlari ish boshlaydi, deb xabar bermoqda Qonunchilik palatasi axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, deputatlar Ekologiya vazirligi rahbari Aziz Abduhakimovga qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq muammolar haqida murojaat qilgan. Vazir bunga javoban mamlakatda 2025-yilda maishiy chiqindilar uchun 18 ta chiqindi poligoni yopilishini, 2027-yilgacha kuniga 14 ming tonna chiqindini qayta ishlash quvvatiga ega chiqindi zavodlari ishga tushirilishini aytdi.

Mutaxassis, shuningdek, 2019-2024-yillarda mamlakatda 48 ta chiqindi poligoni rekultivatsiya qilingani va yopilgani haqida gapirdi. Deputatlar, o‘z navbatida, ishdagi sustkashliklarni qayd etib, Ekologiya vazirligining bu boradagi faoliyatini yanada faollashtirish zarurligini ta’kidladi. Bundan tashqari, deputatlar atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini saqlash, hududlarning sanitariya-ekologik holatini yaxshilash masalalari ham ularning diqqat markazida ekanini qayd etdi.

“Kelgusida kun tartibidagi ushbu dolzarb masala yuzasidan ta’sirchan parlament nazorati amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekistonda chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish uchun trillion so‘m sarflanishi haqida xabar berilgandi. Yangi obyektlarni qurish uchun o‘nlab milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная