O‘zbekiston

O‘zbekistonda “tungi osoyishtalik”ni buzganlik uchun jazo kuchaytirilmoqda

Dam olish kunlari maxsus sukunat rejimini joriy etish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston parlamenti “tungi osoyishtalik”ni buzganlik uchun jazoni kuchaytiradigan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi, deb xabar bermoqda Zamon.

Hujjatga ko‘ra, dam olish va ish kunlari uchun alohida sukunat rejimini o‘rnatish rejalashtirilgan. Shunday qilib, dam olish kunlari sukunat rejimi 22:00 dan 09:00 gacha, oddiy kunlarda esa 23:00 dan 06:00 gacha amal qiladi. Bu davrda baland ovozda musiqa tinglash, ta’mirlash ishlari olib borish va boshqa shovqinli ishlar bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.

Qonun kuchga kirsa, jarima fuqarolarga BHMning 5 baravarigacha (qariyb 2 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa BHMning 15 baravarigacha (6 mln so‘mdan ortiq) oshiriladi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, hozirda tinchlikni buzganlik uchun jarima 113 ming so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyatida aholi shikoyatidan so‘ng sement zavodi jarimaga tortilgandi. Fuqarolar chang, iflos havo va ishlab chiqarish shovqiniga chidashga majbur bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная