O‘zbekistonda suv millat mulkiga aylandi
Shuningdek, rasmiylar suvdan foydalanishni umumiy va maxsus, suv obyektlarini esa bir necha toifalarga ajratdi.

O‘zbekistonda suv va suv obyektlaridan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi suv kodeksi tasdiqlandi, deyiladi hukumat qarorida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, suv o‘zbekistonliklarning milliy boyligi sifatida e’tirof etiladi, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Hokimiyat suvdan foydalanishni umumiy va maxsusga ajratdi. Suv obyektlari ham o‘z navbatida quyidagi toifalarga bo‘linadi:
- O‘zbekistonning yer usti va yer osti suv obyektlari;
- O‘zbekiston hududida joylashgan va uning hududini kesib o‘tuvchi transchegaraviy yer usti va yer osti suv obyektlari.
Bundan tashqari, kodeksda suv obyektlari alohida, shuningdek, birgalikda foydalanishda bo‘lishi mumkinligi belgilangan. Suv resurslarini boshqarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun respublika va havza darajasida, shuningdek, zarurat bo‘lganda mintaqaviy darajada kollegial maslahat organi shaklida suv kengashlari tashkil etiladi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzurida Suv resurslari bo‘yicha respublika kengashi tashkil etiladi. Qonun uch oydan keyin kuchga kiradi.
Avvalroq O‘zbekiston aholisining qariyb 20 foizi hali ham suvdan foydalanish imkoniyatiga ega emasligi haqida xabar berilgan edi. Eng past natija Qashqadaryo viloyatida qayd etildi.
Izohlar