O‘zbekistonda Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi ochiladi
O‘quv jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi.

Prezident farmoniga ko‘ra, Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi negizida Sherali Jo‘rayev nomidagi Musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi.
O‘qitish 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi. Oliy ta’lim muassasasiga boshlang‘ich musiqiy bilimlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar 9-sinfdan ijodiy tanlov asosida qabul qilinadi. O‘quv jarayoni davlat granti asosida moliyalashtiriladigan uch yillik o‘quv dasturi bo‘yicha tashkil etiladi va bitiruvchilarga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi diplom beriladi.
“Iqtidorli bitiruvchilar tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-kursida oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishni davom ettirishi mumkin. Bundan tashqari, universitetda Sherali Jo‘rayevning ijodiy yo‘nalishi va faoliyati bo‘yicha ilmiy-ijodiy laboratoriya tashkil etiladi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda OTMlarga qabul kvotalari tasdiqlangandi. Davlat tomonidan qo‘shimcha grantlar ham ajratildi.
Izohlar