O‘zbekistonda qarzdorlarni qarzlar tufayli bezovta qilish to‘xtatiladi
Deputatlar qarzlarni ushlab qolish tartibini soddalashtirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistonda qarzdorga nisbatan ijro ishi yuritish tartibini soddalashtirish rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda Qonunchilik palatasi axborot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, deputatlar soddalashtirilishi rejalashtirilayotgan ijro ishi yuritish hujjatlari ro‘yxatini kengaytiruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdi. Xususan, ko‘rsatilgan videokonferensaloqa xizmatlari uchun xarajatlarni ushlab qolish, shuningdek, kommunal xizmatlar yoki aloqa xizmatlari, ko‘p kvartirali uylar mulkdorlaridan majburiy badallar va to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni ushlab qolish jarayonini soddalashtirish rejalashtirilmoqda.
Bu undiruv samaradorligini oshirishga xizmat qilishi va qarzdorlarning uylariga tashrif buyurish vaqtida ortiqcha xavotirga tushishining oldini olishi, shuningdek, qarzdorga nisbatan hech qanday taqiq va cheklovlar qo‘llamasdan undiruvni amalga oshirishga yordam berishi rejalashtirilgan. Hujjat kuchga kirgunga qadar Qonunchilik palatasida ikkita o‘qishdan o‘tishi, Senat tomonidan ma’qullanishi va prezident tomonidan imzolanishi kerak. Hujjat kuchga kirgunga qadar Qonunchilik palatasida ikkita o‘qishdan o‘tishi, Senat tomonidan ma’qullanishi va prezident tomonidan imzolanishi kerak.
Avvalroq O‘zbekistonda ijro hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan majburiyatlar reyestri paydo bo‘lishi haqida xabar berilgan edi. MIB platformaning ishlashi uchun mas’ul organ etib tayinlanadi.
Izohlar