O‘zbekiston

O‘zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar soni oshdi

Davlatga yetkazilgan zarar trillion so‘mni tashkil etdi.

2024-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar soni va davlatga yetkazilgan zarar miqdori oshdi, deyiladi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy ma’ruzasida.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yilda 4 649 ta korrupsiyaviy jinoyat doirasida 7 354 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan. 2023-yilga nisbatan mahkumlar soni 12,5 foizga, jinoyatlar soni 12,6 foizga oshgan. Eng ko‘p korrupsiyaviy jinoyatlar Andijon (882), Namangan (877) va Toshkent (697) viloyatlarida qayd etilgan.

Davlatga yetkazilgan zarar 2,81 trln so‘mni tashkil etgan. Korrupsiyadan eng ko‘p zarar Andijon (680 mlrd so‘m), Toshkent (332 mlrd so‘m) va Namangan (308 mlrd so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda korrupsiyaning oldini olish uchun “Raqamli sud” tizimi paydo bo‘ladi. Shubhasiz deb hisoblangan da’volar ko‘rib chiqish uchun ma’muriy organlarga beriladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная