O‘zbekistonda ko‘cha nomlarini ko‘rsatuvchi belgilar uch toifaga ajratildi
Har bir toifadagi taxtachalarning shakli, materiali va o‘lchami turlicha bo‘ladi.

O‘zbekistonda ko‘cha nomlari va uy raqamlari ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar uch toifaga ajratildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Hukumatning 30-iyuldagi qarori bilan “Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk raqami yozilgan ko‘rsatkichlarni o‘rnatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizomda ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obyektining raqami ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarning shakli, o‘lchamlari, ularni tayyorlash va o‘rnatish tartibi belgilandi.
Ko‘rsatkichlarning namunaviy shakllari quyidagi toifalarga bo‘linadi:
- 1-toifa — yoritkichli polietilentereftalat, polietilentereftalatglikol, polistirol yoki polikarbonat materialdan tayyorlangan ko‘rsatkich;
- 2-toifa — nur qaytaruvchi qoplamali kompozit alyuminiy materialdan tayyorlangan ko‘rsatkich;
- 3-toifa — kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan ko‘rsatkich.
Odatda, 1-toifali ko‘rsatkichlar shahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalarda, 2-toifali ko‘rsatkichlar tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalarda, 3-toifali ko‘rsatkichlar esa mahalliy ahamiyatdagi ko‘chalarda o‘rnatiladi. Ko‘rsatkichda ko‘cha nomini qisqartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda Rim paydo bo‘ladi. Prezident shahar ko‘chalaridan biriga yangi nom berilishi O‘zbekiston va Italiya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik ramzi bo‘lishini aytdi.
Izohlar