Samarqandda Rim paydo bo‘ladi
Prezident shahar ko‘chalaridan biriga yangi nom berilishi O‘zbekiston va Italiya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik ramzi bo‘lishini aytdi.

29-may kuni Samarqandda Shavkat Mirziyoyev va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, unda tomonlar shahar ko‘chalaridan biriga Rim nomini berishga kelishib oldi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Oliy darajadagi O‘zbekiston-Italiya muzokaralari yakunida xalqaro Kongress markazida Samarqand shahridagi ko‘chalardan biriga Rim shahri nomini berishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev ushbu qaror chuqur tarixiy va madaniy aloqalar, strategik sheriklik munosabatlarining bugungi yuksak darajasi hisobga olinib, O‘zbekiston va Italiya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmat ifodasi sifatida qabul qilinganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, endilikda O‘zbekiston va Italiya migratsiya va muhim xomashyo sohasida hamkorlik qiladi. Prezident va mamlakatlar bosh vazirlari huzurida kelishuvlar to‘plami imzolandi.
Izohlar