Sinoptiklar o‘zbekistonliklarni sovuq havo massalari kirib kelishi va haroratning keskin o‘zgarishi haqida ogohlantirdi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 3-noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-6-noyabr kunlari esa butun respublika hududiga sovuq havo kirib keladi. Shu munosabat bilan mamlakatda ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, 3-5 noyabr kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi. Keyinchalik, 4-6 noyabr kunlari, sinoptiklarning kutilmalariga ko‘ra, havo harorati asta-sekin pasayadi: kechalari 0-3 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda sovuq, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha bo‘lishi mumkin.
Avvalroq sovuq kunlar oldidan o‘zbekistonliklarga trillion so‘m tarqatilishi xabar qilingandi. Bir milliondan ortiq fuqaroga yordam beriladi.























