O‘zbekiston

O‘zbekistonda harbiy formaga o‘xshash kiyim kiyganlik uchun jarima joriy etish taklifi ilgari surildi

Qonun loyihasida harbiy va idoraviy formadan, shuningdek, unga taqlid qilingan kiyimdan foydalanganlik uchun jarima va musodara nazarda tutilgan.

Фото: ситуативное

O‘zbekistonda vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlarining formali kiyimini qonunga xilof ravishda kiyganlik, shuningdek, tashqi ko‘rinishi harbiy yoki idoraviy formaga o‘xshash kiyimdan foydalanganlik uchun jazoni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 209¹-moddasiga o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda. Loyihaga binoan:

  • harbiy, idoraviy yoki maxsus formali kiyim-boshning tasdiqlangan namunalarini, shuningdek, davlat organlarining farqlovchi belgilari va ramzlari tushirilgan formalarni kiyganlik uchun kiyim-bosh musodara qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan 5 baravarigacha (824 ming — 2 mln 60 ming so‘m) miqdorda jarima solinadi;

  • rangi, tikilish uslubi yoki elementlariga ko‘ra harbiy yoki idoraviy formaga o‘xshaydigan kiyim-kechakni muomalaga kiritganlik yoki undan foydalanganlik uchun BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (2 mln 60 ming — 4 mln 120 ming so‘m) miqdorda jarima solinadi.

Tashabbuskorlarning ta’kidlashicha, taklif etilayotgan chora-tadbirlar formali kiyim-boshdan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yish va uning tegishli tuzilmalarga aniq tegishliligini ta’minlashga qaratilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная