O‘zbekistonda bolalar yangi tizim bo‘yicha o‘qitila boshlanadi
Tajriba-sinov tariqasida yangilik Toshkent shahridagi bir nechta maktablarda joriy etiladi.

O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash tizimi “maktab—litsey—universitet” tamoyili asosida tashkil etiladi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi axborot xizmati.
Prezident qaroriga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarining kamida 25 foizi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan xorijiy professor-o‘qituvchilar va professional mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi.
2025-yil 1-sentyabrdan boshlab tajriba-sinov tariqasida “maktab—texnikum (litsey)—universitet” tamoyili asosida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi. Yangi tizim doirasida:
- Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 250 va 273-umumiy o‘rta ta’lim maktablari universitetga biriktiriladi;
- universitet har oyda bir marta 7–9-sinf o‘quvchilari uchun o‘z laboratoriyalarida o‘quvchilarning qiziqishlari bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazadi;
- Shuningdek, universitet o‘quvchilarning laboratoriyaga xavfsiz yetib borishi va qaytib kelishini ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda talabalarning ilmiy g‘oyalari ishlab chiqarishga joriy etiladi va moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi. Bundan tashqari, Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim shakli joriy etilmoqda.
Izohlar