Gentz Petsani Albaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Pezani TIV rahbari Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi. Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan sohalar, jumladan, savdo, investitsiyalar, turizm, ta’lim va madaniy almashinuv bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, siyosiy muloqotni mustahkamlash va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sheriklikni chuqurlashtirishga xizmat qiladigan yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga umumiy intilishimizni bildirdik, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, TIV rahbari Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qilgandi. Baxtiyor Saidov O‘zbekiston-Fransiya munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.