O‘zbekiston

O‘zbekiston Yevropa va AQSH bozorlariga kiyim-kechak eksportini oshirishni rejalashtirmoqda

Prezident Sent-Luis va Nyu-York shaharlarida ikkita savdo uyi ochish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shavkat Mirziyoyev 13-avgust kuni yig‘ilish o‘tkazib, Yevropa va AQSH bozorlariga tayyor kiyim-kechak eksportini kengaytirish, bu sohada standartlashtirish va raqamlashtirishni kuchaytirish muhimligini ta’kidladi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga xalqaro sertifikatga ega korxonalar sonini 300 taga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Tashqi ishlar vazirligiga aylanmasi 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan brendlar bilan hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish va ushbu kompaniyalarni sentyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan yirik ko‘rgazmaga taklif qilish vazifasi yuklatildi.

AQShda yiliga qariyb 100 mlrd dollarlik to‘qimachilik bozori mavjud bo‘lib, muqobil qo‘llab-quvvatlash choralari orqali ushbu mamlakatga eksportni 5-6 barobarga oshirish mumkinligi qayd etildi. Mutasaddilarga Sent-Luis va Nyu-York shaharlarida ikkita savdo uyi ochish topshirildi.

Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlariga sun’iy intellektni joriy etish daromadni 20-30% ga oshirish, shuningdek, faoliyatning shaffofligini oshirish va yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish imkonini beradi. Bu borada to‘qimachilik korxonalarida ERP tizimini joriy etish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi. Korxonalarni ushbu tizimda ishlashga o‘qitish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Mavzuga doir: Kreditlarni yengillashtirish va yangi subsidiya: prezident to‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash choralarini ma’lum qildi Mamlakatda ushbu sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “dolzarb yuz kunlik” e’lon qilindi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная