O‘zbekiston va Tojikiston uchinchi davlat fuqarolari uchun chegarada ikkita nazorat-o‘tkazish punkti ochadi
Tegishli kelishuvlar hukumatlararo bitimda nazarda tutilgan.

O‘zbekiston va Tojikiston 10-avgust kuni ertalab soat 6:00 dan boshlab qo‘shma chegarada ikkita o‘tkazish punktini ochadi, deb xabar bermoqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Toshkent viloyatidagi «Bekobod avto» va Sirdaryo viloyatidagi «Xovosobod» shoxobchalari uchinchi davlat fuqarolari va yengil avtotransport vositalariga xizmat ko‘rsatadi. Tegishli kelishuvlar hukumatlararo bitimda nazarda tutilgan.
18-iyundan boshlab O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazildi. Gap Farg‘ona viloyatida joylashgan Shohimardon anklaviga olib boruvchi «Vodil» va «Ak-Giya» nazorat-o‘tkazish punktlari hamda So‘x tumaniga olib boruvchi «Chashma» punkti haqida bormoqda. Qaror fuqarolarning harakatlanishini osonlashtirish va navbatlarni kamaytirish maqsadida qabul qilingan.
Izohlar