O‘zbekiston

O‘zbekiston Sent-Lyusiya davlati bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

Orol davlat O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 163-davlat bo‘ldi.

Sent-Lyusiya O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 163-davlat bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Sent-Lyusiyaning BMTdagi doimiy vakili Menissa Ramballi Nyu-Yorkda (AQSH) tegishli kommyunikeni imzoladi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini izlash bo‘yicha ikki tomonlama aloqalarni faollashtirishga kelishib olindi.

Максим Каневский
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная