O‘zbekiston qancha go‘sht ishlab chiqaradi — statistika
Eng ko‘p go‘sht mahsulotlarini fermer xo‘jaliklari yetkazib beradi.

2024-yilda respublikaning barcha toifadagi xo‘jaliklari tomonidan 2,1 mln tonna qoramol go‘shti yetishtirildi, deb xabar beradi Milliy statistika qo‘mitasi axborot xizmati.
Ularning xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha hajmi:
- fermer xo‘jaliklari tomonidan — 112,6 ming tonna;
- dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan — 1 962,1 ming tonna;
- qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan — 63,0 ming tonna.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi bozorlarda go‘sht arzon narxlarda sotila boshlandi. Poytaxtning beshta yirik bozorida go‘sht narxi allaqachon arzonlashgan.
Mavzuga doir: Rasman: O‘zbekistonda go‘sht juda arzon. Kimgadir boshqacha tuyulsa, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Shvetsiya, Islandiya va Koreyadagi narxlarni ko‘rib chiqishni taklif qildi.
Izohlar