Jennifer Lopesning konserti munosabati bilan “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi tomonidan maxsus bepul va uzluksiz avtobus qatnovlari tashkil etildi.

Avtobuslarning old oynasida “Bunyodkor” stadioni deb yozib qo‘yiladi. Transport soat 16:00 dan quyidagi manzillardan jo‘natiladi:

  • Tashkent City Mall savdo-ko‘ngilochar markazi oldidagi maydoncha;
  • Hyatt Regency mehmonxonasi oldidagi maydoncha;
  • Humo Arena muz saroyi oldidagi maydoncha.

“Konsert tugagandan so‘ng avtobuslar sizni yana o‘sha manzillarga olib boradi. Yaxshi oqshom va yoqimli konsert!” — deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Ledi Gaga konsertga tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha rekord o‘rnatgan. San’atkor ikki milliondan ortiq tinglovchini to‘plagan.