O‘zbekiston

Jazirama va yog‘ingarchilikning pasayishi: 31-iyul uchun ob-havo

Tog‘larda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi mumkin.

31-iyul kuni O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayishi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, ayrim hududlarda chang-to‘zonlar bilan kuchli shamol esishi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 34-36° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari yuz berishi ehtimoli mavjud. Ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 13-18°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekistonda dam olish kunlari 34 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekistonliklar jazirama issiqdan qisqa muddatga dam olishadi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная