O‘zbekiston

Issiq va quruq: 25-sentyabr uchun ob-havo

Faqat tog‘larda biroz yomg‘ir yog‘ishi va shamol kuchayishi mumkin.

25-sentyabr kuni O‘zbekistonda havo harorati ko‘tariladi, tog‘larda biroz yomg‘ir yog‘ishi va kuchli shamol esishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 14-16°, kunduzi 29-31° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 26-31° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 26-31° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 26-31° bo‘ladi.
  • tog‘oldi va tog‘li hududlarda kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная