13-oktyabr kuni O‘zbekistonda havo iliq bo‘ladi, ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan kuchayadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12-14°, kunduzi 26-28° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
- Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° bo‘ladi.




















