Investitsiyalar vazirligi Sea Breeze kurorti bo‘yicha jamoatchilikni tashvishga solayotgan masalalarga oydinlik kiritdi
Rasmiylar investor o‘zining kanalizatsiya tizimini qurishga va’da bermoqda.

Chorvoqdagi Sea Breeze Uzbekistan loyihasi jamoatchilik tomonidan eng faol muhokama qilinayotgan mavzulardan biriga aylandi: kimdir bu ekologiyaga zarar yetkazishidan, kimdir davlat byudjetiga yuk bo‘lishidan yoki fuqarolar manfaatlariga putur yetkazishidan xavotirda. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida aholini eng ko‘p o‘ylantirayotgan masalalarga izoh berildi.
Avvalo, boshqarma kompaniya qanday tanlangani va nima uchun u loyiha ustida ishlayotgan yagona developerga aylanganini tushuntirdi. Agalarov Development kompaniyasi 5 mlrd dollar sarmoya kiritishni, shuningdek, davlat nazorati ostida ijtimoiy infratuzilma, ekologik yechimlar va bosqichma-bosqich amalga oshirishni taklif qildi. Shu bilan birga, tartibsizlik va nazorat qilishda qiyinchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun loyihani amalga oshirish faqat bitta developerga topshirildi, chunki butun loyiha yagona arxitektura bo‘yicha quriladi.
Loyihani moliyalashtirish masalasiga kelsak, idora qurilish to‘liq xususiy asosda olib borilayotganini ta’kidladi. Byudjet loyihada ishtirok etmaydi, barcha xatarlarni esa investor o‘z zimmasiga oladi. Kreditlar ham tijorat asosida jalb qilinadi, bu esa mamlakatning davlat qarziga ta’sir qilmaydi. Bunda barcha ishlar — ekologik me’yorlarga rioya qilishdan tortib, moliyalashtirish va ijtimoiy qaytimning shaffofligigacha davlat tomonidan qat’iy nazorat qilinadi.
Ijara to‘lovining “ramziy qiymatlar”gacha pasaytirilishi investitsiyaviy rag‘batlantirish bilan izohlandi. 17 mlrd so‘mlik ijara evaziga investor yerning bozor narxidan yuqori bo‘lgan 240 mln dollarlik infratuzilma yig‘imini to‘lashi kerak bo‘ladi. Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida infratuzilma yig‘imi birinchi marta undiriladi, bu mablag‘lar kanalizatsiya, yo‘llar, ko‘priklar va tozalash inshootlarini qurish uchun sarflanadi, yana 100 million dollardan ortiq mablag‘ esa yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish uchun qoladi.
Bunda yer davlat mulkida qoladi. Uchastkalarni faqat umumiy konsepsiya doirasida qurilish uchun, masalan, xalqaro mehmonxonalar uchun ikkilamchi ijaraga berish mumkin bo‘ladi, agar shartlar buzilsa, shartnoma bekor qilinadi va yer davlatga qaytariladi.
Qurilishga nima uchun loyiha hujjatlari yakunlanmasdan oldin ruxsat berilganiga javob berar ekan, vazirlik qaror hukumat tomonidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan holda qabul qilinganiga ishontirdi. Xususan, ishlar Bosh prokuratura tomonidan nazorat qilinadi, shuningdek, loyiha uchun Bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida idoralararo guruh tuzildi.
Vazirlik, shuningdek, qurilish ekologiyaga zarar yetkazmasligi kerakligini ta’kidladi, chunki Chorvoqqa oqova suvlarni oqizish taqiqlangan. Investor Chirchiqdagi tozalash inshootlariga ulangan halqa kanalizatsiya tizimini o‘z hisobidan quradi. Qayd etilishicha, kanalizatsiya tizimi, aksincha, yaqin atrofdagi hududlarning infratuzilma salohiyatini sezilarli darajada yaxshilashi kerak.
Также на территории высадят деревья, внедрят энергоэффективные технологии. Подчеркивается, что экологический контроль будет вестись на всех этапах. При этом строительством дорог, мостов и другой инфраструктуры общего пользования займется государство, поскольку такими объектами будут пользоваться не только туристы, но и местные жители. Однако инвестор компенсирует затраты через тот же инфраструктурный сбор в размере 240 млн долларов.
Avvalroq Ekologiya vazirligi Sea Breeze loyihasi qurilishiga ruxsat berilganiga izoh bergandi. Vazirlik ekologik me’yorlarga rioya etilishini doimiy ravishda nazorat qilib borishini ma’lum qilgan.
Izohlar