26-avgust kuni O‘zbekistonda havo harorati ko‘tariladi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuchli shamol esishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 36-38° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 34-39° iliq;
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 34-39° iliq;
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
  • tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekistonga issiq qaytishi haqida xabar berilgandi. Havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi.