Harorat ko‘tarilishi va shamol: 24-sentyabr uchun ob-havo
Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

24-sentyabr kuni O‘zbekistonda havo harorati ko‘tariladi, tog‘larda kuchli shamol esishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 24-26° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekistonda hafta davomida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Izohlar