FVV xodimlari Tashkent City`da mashg‘ulotlar o‘tkazadi
Fuqarolardan mashg‘ulotlarni ko‘rib vahimaga tushmaslik va noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatmaslik so‘ralgan.

29-iyul kuni Toshkent shahridagi mehmonxonalardan birida FVV xodimlarining o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Mashg‘ulotlar Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko‘chasi, 5-7 Tashkent City mehmonxona binosida soat 07:00 dan 08:30 gacha bo‘lib o‘tadi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni mashg‘ulotlarni ko‘rganda vahimaga tushmaslikka va noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi.
“O‘z navbatida, FVV fuqarolar, blogerlar va ijtimoiy tarmoqlar ma’murlaridan ushbu o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishda aholi orasida vahima uyg‘otmaslik, amaliy jarayonlarga oid materiallarni buzib ko‘rsatmaslik, mavjud ma’lumot va axborotlardan samarali va oqilona foydalanishni so‘raydi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda IIB va FVV xodimlari elektr energiyasidan samarasiz foydalanganlik uchun dalolatnoma tuzishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, rasmiylar YTTlar uchun jazoni kuchaytirishni va “O‘zenergoinspeksiya” vakolatlarini aniq belgilashni rejalashtirmoqda.
Izohlar