O‘zbekiston

Energetika vazirligi Toshkentdan Farg‘onaga boradigan yo‘ldagi AYQSHlar yopilishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Ba’zi stansiyalarning ishi ta’mirlash ishlari tufayli to‘xtatildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona vodiysidan Toshkentga olib boruvchi yo‘lda metan zapravkalar yoppasiga yopila boshlagani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi holatga izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, 5-avgust kuni soat 09:30 dan 11:14 ga qadar Pop tumanidagi 4 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr uzatish tarmog‘ida rejali ta’mirlash ishlari olib borilgan va shu sababli ularning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Qayd etilishicha, ishlar gaz quyish shoxobchalari operatorlari bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan va belgilangan muddatlarda yakunlangan.

Shuningdek, mutaxassislarning ta’kidlashicha, hozirda Andijon, Namangan va Farg‘onadan Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha barcha metan zapravkalar tiklangan va uzilishlarsiz ishlamoqda.

Avvalroq Sirdaryoda Qashqadaryodagi gaz quyish shoxobchalaridagi portlashdan so‘ng yoqilg‘i quyish shoxobchalari yopila boshlangani haqida xabar berilgandi. Nazorat tekshiruvlarini doimiy ravishda o‘tkazishni xohlashadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная