28-29 iyun kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dam olish kunlari ob-havo yog‘ingarchiliksiz, nisbatan qulay harorat foni kutilmoqda, shamol biroz esadi, ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.
Kechasi 18-27 daraja iliq, kunduzi janubiy viloyatlarda 36-41 darajagacha issiq bo‘ladi. Kunduzi respublika bo‘yicha o‘rtacha 32-37 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 28 darajagacha issiq bo‘ladi.






















