19-21 dekabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, yakshanba kuni qor yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.
Havo harorati 0-5° iliq, janubda 6-9° iliq atrofida bo‘ladi. Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekiston hududiga nam havoning yangi qismi kirib keladi. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol g‘arbdan kuchsizdan o‘rtachagacha esadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda: bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 1-3° iliq bo‘ladi. Shanba kuni asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin.
Yakshanba kuni kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi, tuman tushadi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol kuchsiz. Harorat kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq atrofida bo‘ladi.




















