O‘zbekiston

Andijonda Damas haydovchisi yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan bolani urib yubordi

Jabrlanuvchi yengil tan jarohati bilan shifokorlarga yetkazilgan.

Фото: Ситуативное

20-avgust kuni Andijon viloyatida Damas haydovchisi yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan 6 yoshli bolani urib yubordi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Asaka tumani “Beruniy” mahallasi Al-Buxoriy ko‘chasidan o‘tuvchi D-105 “Asaka — Farg‘ona halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 162-kilometrida sodir bo‘lgan. Damas`ning 34 yoshli haydovchisi o‘ng tomondan yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan 6 yoshli bolani urib yuborgan.

Hodisa oqibatida jabrlangan bola yengil tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari ushbu holat bo‘yicha tergov boshladi. Vazirlik fuqarolarga ehtiyot bo‘lishni va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishni eslatdi.

Avvalroq Surxondaryoda o‘smirlar Gentra haydashga qaror qilgani va halokatli YTHga uchragani haqida xabar berilgandi. Haydovchi beton to‘siqqa urilgan, to‘rt nafar maktab o‘quvchisi voqea joyida halok bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная