19-dekabr kuni soat 10:39 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Zilzila episentri Afg‘onistonda bo‘lib, uning kuchi 6 ballni tashkil etgan. Zilzila episentri Toshkentdan 557 km janubiy-g‘arbda. O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 4 ball, 206 km.
  • Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 417 km.
  • Samarqand viloyatida 3 ball, 423 km.
  • Jizzax viloyatida 2-3 ball, 441 km.
  • Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 467 km.
  • Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 502 km.
  • Navoiy viloyatida 2-3 ball, 542 km.
  • Toshkent shahrida 2-3 ball, 550 km.
  • Namangan viloyatida 2-3 ball, 561 km.
  • Andijon viloyatida 2-3 ball, 564 km.