46 darajagacha issiq: haftalik ob-havo
O‘zbekiston bo‘yicha ham shamol kuchayishi kutilmoqda, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

O‘zbekiston bo‘yicha ham shamol kuchayishi kutilmoqda, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Havo harorati kunduz kunlari 34-37 daraja, janubda 40-41 darajagacha bo‘ladi. 1-5-iyul kunlari issiq asta-sekin kuchayadi. Eng issiq kunlar respublikaning shimolida 2 va 3-iyulda, cho‘l zonasida 3 va 4-iyulda, respublikaning qolgan hududlarida 4-iyulda va ba’zi joylarda 5-iyulda bo‘ladi.
Ushbu kunlarda hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi. O‘zbekiston bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, 2-4 iyulda shimolda va cho‘l hududlarda, 5 iyulda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 20-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 30-iyun va 1-iyulda 35-38 daraja, 2-3-iyulda 38-40 daraja, 4-5-iyulda 40-43 daraja bo‘ladi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonliklar issiqning kuchayishiga qanday dosh beradi?
FVV maslahatlar bilan bo‘lishdi.
Izohlar