O‘zbekiston

2026-yildan O‘zbekistonda profilaktika inspektorlari bodi-kameralar bilan ta’minlanadi

Bu xizmat davomida tartib posbonlarining shaxsiy xavfsizligini kuchaytirishga yordam berishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab profilaktika inspektorlari o‘zlarining himoyasini kuchaytirish uchun bodikameralar bilan ta’minlanadi, deb yozadi “Gazeta.uz” IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Rahimjon Naimovga tayanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangilik 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, hokimiyat zarur qurilmalarni sotib olish uchun pul ajratgan, chunki ular profilaktika inspektorlarining shaxsiy xavfsizligini ta’minlaydi.

Misol tariqasida Rahimjon Naimov huquq-tartibot idoralari xodimlari xizmat qilayotgan vaqtda ularga isbotlash qiyin bo‘lgan tan jarohatlari yetkazish holatlari qayd etilayotganini keltirdi.

“Bundan tashqari, ayrim fuqarolar profilaktika inspektori ularga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etganini aytishmoqda, biroq bunga dalillar yo‘q. Bunday holatlarga chek qo‘yish uchun inspektorlar bodi-kameralar bilan to‘liq ta’minlanadi”, — dedi IIV vakili.

Avvalroq O‘zbekistonda maktab inspektor-psixologlari IIV tizimiga o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi. Mutaxassislar huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan yanada chuqurroq hamkorlik qiladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная