13-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida haydovchi qizni urib yuborgani haqida xabar tarqaldi. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 11-noyabr kuni Yangiariq tumanida sodir bo‘lgan. Kadrlarda piyodalar o‘tish joyida qizni avtomobil katta tezlikda urib yuborganini ko‘rish mumkin. Ayolni zarba kuchi bir necha metrga uloqtirdi.
Jabrlanuvchining ahvoli haqida hech narsa ma’lum emas. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.
Avvalroq Toshkentda Matiz haydovchisi elektr velosipedda odamni urib yuborgani haqida xabar berilgandi. Velosipedchiga tez tibbiy yordam kerak bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada haydovchi maktab yonidagi piyodalar o‘tish joyida uch nafar o‘quvchini urib yuborgandi. Bolalar jarohat olgan, bir nafari shifoxonaga yotqizilgan.





















