9-noyabr kuni Xorazm viloyatida ikkita yengil avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.
Voqea Urganch shahrining Mash’al chorrahasida sodir bo‘lgan. Yo‘lda Cobalt va Damas to‘qnashib ketgan. Ma’lum qilinishicha, transport vositalariga jiddiy texnik shikast yetgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tergov boshladi. YHXBning ma’lum qilishicha, hodisaga haydovchilardan birining yo‘l harakati qoidalarini buzishi sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Sirdaryoda ikki yuk mashinasi to‘qnashib ketgandi. Hodisaga haydovchilardan birining e’tiborsizligi sabab bo‘lgan.























