Turkiyada huquq-tartibot idoralari xodimlari mamlakatga noqonuniy oltin olib kirishga uringan o‘zbekistonliklarni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda shahar xavfsizlik boshqarmasi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Nevshehir aeroportida sodir bo‘lgan. Tartib posbonlari yuklarni tekshirish chog‘ida olti nafar fuqaroda shubhali oshxona anjomlarini payqagan, ulardan besh nafari o‘zbekistonlik bo‘lib chiqqan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari asbob-uskunalar ichini tintuv qilish chog‘ida umumiy og‘irligi 61 kg 121 g bo‘lgan oltin bo‘lgan qismlarni topdi.

Qayd etilishicha, mahsulotlarning bozor qiymati taxminan 350 mln turk lirasi yoki 8,3 mln dollar atrofida baholanmoqda. Tartib posbonlari gumonlanuvchi fuqarolarni qo‘lga olib, prokuraturaga yetkazishdi, yana bir fuqaroni huquq-tartibot idoralari xodimlari keyinchalik deportatsiya qilish uchun migratsiya organlari xodimlariga topshirishdi.

Avvalroq Toshkentda qariyb bir milliard so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi. Kontrabanda Dubaydan kelgan fuqarolardan topilgan.