Hodisa

Toshkentda qariyb bir mlrd so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

Kontrabanda Dubaydan kelgan fuqarolardan topilgan.

Toshkentda qariyb bir mlrd so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari qariyb bir milliard so‘mlik zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirishga urinishning oldini oldi.

Bojxona nazorati vaqtida Dubaydan birga kelgan uch nafar fuqaroning yonidan deklaratsiya qilinmagan zargarlik buyumlari yashirilgan holda topilgan. Tovarlarning umumiy og‘irligi 781 grammni, taxminiy qiymati esa ekspertlar ma’lumotlariga ko‘ra, qariyb 970 mln so‘mni tashkil etdi. Buyumlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda million dollarlik kuchli ta’sir qiluvchi moddalar olib kirilishining oldi olingandi. Tartib posbonlari ish bo‘yicha sakkiz nafar ayblanuvchini qo‘lga olgan.

Avvalroq O‘zbekistonga 27 kilogramm giyohvand modda olib kirilishining oldi olingani haqida xabar berilgandi. Tartib posbonlari olti nafar kontrabandistni qo‘lga olgan.

Izohlar

Mavzuga oid