Toshkentning bir qismi gazsiz qoladi — manzillar
Iste’molchilardan uzr so‘raldi.

8-avgust kuni Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda Hududgaz Poytaxt axborot xizmati.
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi joylarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- Yangihayot tumani: “Binokor” mahallasida soat 10:00 dan 18:00 gacha — 78 ta bir qavatli kottej va beshta ulgurji iste’molchi.
- Sergeli tumani: soat 11:00 dan 16:00 gacha “Eshonbuloq” mahallasida — 580 ta xususiy uy, ikkita ikki qavatli bino va 18 ta korxona va muassasalar.
Iste’molchilardan uzr so‘ralib, ta’mirlash ishlari yakunlanishi bilan gaz ta’minoti qayta tiklanishiga ishontirildi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonliklarga gaz ballonlaridan foydalanish bo‘yicha maslahatlar berildi. Kichik xato fojiaga olib kelishi mumkin.
Izohlar