Hodisa

Toshkentning ayrim aholisi tunda chiroqsiz qoladi

Elektr ta’minoti ertalabgacha qaytariladi.

27 iyun kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi bir nechta mahallalarda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

«Yunusobod» nimstansiyasi (110/35/10 kV) modernizatsiya qilinishi va eskirgan uskunalar almashtirilishi munosabati bilan soat 00:00 dan 05:00 gacha quyidagi manzillarda elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin:

  • Yunusobod tumani: «Mingchinor,» «Qo‘shchinor,» «Adolat,» «Akbarobod,» «Husniobod,» «Yurtobod,» «Shoshtepa,» «Mehnatobod,» «Begubor,» «Qadrdon,» «Xalqabog,» «Muruvvat,» «Ahmad Donish,» «O‘zbekiston Mustaqilligi,» «Yunusota,» «Sevinch,» «Yangibog‘,» «Axilobod,» «Bog‘ishamol,» «Bog‘iyeram,» «Uchqahramon,» «Shahriston,» «G‘ayratiy,» «Anorzor,» «Bobodehqon.»

Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.

Avvalroq O‘zbekistonda elektr va gaz uchun kompensatsiya olish uchun arizalar qabul qilish boshlangani haqida xabar berilgandi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi to‘lovni qanday olish mumkinligini ma’lum qilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная