Hodisa

Toshkentning ayrim aholisi bir kunga issiq suvdan uziladi

O‘chirishlar qish mavsumi oldidan profilaktika ishlari bilan bog‘liq.

Фото: Ситуативное

16-17-sentyabr kunlari Toshkentning Uchtepa tumanida issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi, deya xabar berdi Veolia Energy.

Ma’lumotlarga ko‘ra, issiq suvning o‘chirilishi tizimning qish mavsumida barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash uchun rejali profilaktika ishlari bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan 16-sentyabr soat 22:00 dan 17-sentyabr soat 06:00 gacha quyidagi manzillarda suv ta’minoti bo‘lmaydi:

  • Uchtepa tumani: 13, 14, 15, 21 va 23-mavzelarda.

Iste’molchilardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raldi va ushbu ishlar issiqlik ta’minoti tizimini kelgusi qish mavsumiga tayyorlash uchun zarur bo‘lgani uchun tushunish bilan munosabatda bo‘lish so‘raldi.

Avvalroq Toshkentda issiqlik va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkinligi xabar qilingandi. Veolia Energy bosh direktorining ta’kidlashicha, agar tariflar har yili oshirilmasa, kelajakda narxlarni 40-50 foizga oshirishga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная