Toshkentdan Bokuga parvoz texnik sabablarga ko‘ra noma’lum muddatga qoldirildi
Aviakompaniya yo‘lovchilarni mehmonxonaga joylashtirish choralarini ko‘rmoqda.

19-avgust kuni Toshkentdan Bokuga reys texnik sabablarga ko‘ra noma’lum muddatga qoldirildi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, “Azerbaijan Airlines” aviakompaniyasining “Toshkent—Boku” yo‘nalishi bo‘yicha J2-532 reysi texnik sabablarga ko‘ra noma’lum muddatga qoldirilmoqda. Aviakompaniya yo‘lovchilarni mehmonxonaga joylashtirish choralarini ko‘rmoqda. Batafsil ma’lumot olish uchun aviakompaniya vakillariga murojaat qiling.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxorodan Vnukovoga reys ham texnik sabablarga ko‘ra kechiktirilgandi. Samolyotning barcha 173 yo‘lovchisi va ekipaj a’zolari kutish vaqtida mehmonxonaga joylashtirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, parvoz Toshkent vaqti bilan 19-avgust soat 13:00 ga ko‘chirilgan.
Izohlar