Toshkentdagi ziyofatxonalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi — video
Jabrlanganlar yo‘q.

28-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in soat 21:29 da sodir bo‘lgan. Toshkent shahar Sergeli tumani Mehrigiyo ko‘chasida joylashgan “Meros” to‘yxonasida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Toshkent shahar IIBBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari soat 21:37 da manzilga yetib borgan.
Yong‘in soat 22:10 da qurshab olingan va 22:42 da o‘chirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘yxonadan barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Holat Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda elektroskuterlar do‘koni yonib ketgandi. Yong‘inni o‘chirish uchun to‘rtta yong‘in-qutqaruv otryadi yetib keldi.
Izohlar