Toshkentdagi “Orzular sohili” plyajida bir yigit cho‘kib ketdi
Guvohlar yigitni qutqarishga uringan, biroq u tez yordam yetib kelguncha vafot etgan.

31-iyul kuni Toshkentdagi “Orzular sohili” plyajida dam oluvchilar ko‘z o‘ngida bir yigit cho‘kib ketdi, deb xabar bermoqda Kun.uz Bosh prokuraturaga tayanib.
Hodisa “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida sodir bo‘lgan. Yigitni suvdan plyaj xodimi emas, dam oluvchilardan biri olib chiqqan. U yurak-o‘pka reanimatsiyasini (yurak massajini) ham qila boshladi. 10 daqiqadan so‘ng voqea joyiga yetib kelgan tibbiyot xodimi fuqaroning yuragini ishga tushirishga urinishda davom etgan.
Keyinroq tez yordam brigadasi yetib kelgan, biroq yigitni qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan. Ular kelishidan oldin vafot etdi. Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi yuborilgan. Ish bo‘yicha tergov boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Namanganda ikki o‘smir suv kanalida cho‘kib ketgandi. Bir bolaning jasadi ikki kundan keyin topilgan, ikkinchisini esa g‘avvoslar qidirmoqda.
Izohlar