Toshkentda yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi — video
Yong‘indan jabrlanganlar yo‘q.

20-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchi avtobusidagi yong‘in videosi tarqaldi. Olov salonni qamrab oldi, guvohlar yong‘inni o‘chirishga yordam berish uchun yaqinlashishga jur’at eta olmadi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holatga izoh berdi.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga soat 12:44 da avtobus yonib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 12:50 da yetib borib, yong‘in soat 12:53 da to‘liq bartaraf etilgan.
Tekshiruv davomida 18-avtobus saroyiga qarashli 64-sonli avtobus yonib zararlangani aniqlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Cobalt yonib ketgandi — to‘rt kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgandi.
Izohlar