16-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda elektron reklama paneli yonayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent FVB hodisa yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in soat 07:26 da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida sodir bo‘lgan. Reklama paneli yonib ketdi. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikasi ko‘rsatilgan manzilga soat 07:31 da yetib borib, yong‘in soat 07:40 da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Mavzuga doir: Ifloslangan havo har yili 4,5 milliondan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ladi — tadqiqot Olimlarning ogohlantirishicha, yong‘inlar zaharli zarrachalarning tarqalishini kuchaytiradi va dunyodagi sanoqli shaharlargina havo sifati bo‘yicha JSST me’yorlariga javob beradi.