Hodisa

Toshkentda yigitlar intervyu bahonasida fuqarolarni pulga chuv tushirgani aniqlandi

Jinoyatchilar masjidlar qurish va nogironlarga yordam berish uchun pul so‘ragan.

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar intervyu bahonasida mahalliy aholi bilan suhbatlashib, ulardan masjid qurish va nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam berish uchun pul so‘rayotgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan izoh berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 5-iyul kuni Chilonzor tumanidagi istirohat bog‘laridan birida sodir bo‘lgan. 21 va 24 yoshli uch nafar yigit fuqarolar oldiga kelib, ular bilan intervyu bahonasida suhbatlashgan, so‘ngra masjid qurish va nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam berish uchun pul so‘ragan.

Tartib posbonlari tezkor tadbirlar davomida gumonlanuvchilarni xolislar ishtirokida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olishdi. Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.

Avvalroq Toshkentda 2025-yilning birinchi yoz oyida tartib posbonlari yuzlab tilanchilarni aniqlagani haqida xabar berilgandi. Qayd etilgan barcha holatlar yuzasidan huquq-tartibot idoralari xodimlari ish olib bormoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная