4-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida yong‘in chiqqani haqida xabar tarqaldi. Poytaxt FVB voqeaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in haqida xabar qutqaruvchilarga soat 01:26 da kelib tushgan. Yong‘in Chilonzor tumani Qatortol ko‘chasida joylashgan tez ovqatlanish shoxobchasi binosida boshlangan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 01:34 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 01:45 da qurshab olingan va soat 01:48 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida hech kim jabrlanmadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda qurilishi tugallanmagan binoning yerto‘lasida yirik yong‘in sodir bo‘lgandi. Oqibatda qurilish materiallari yonib ketgan, yong‘in sabablari haqida ma’lumot berilmagan.